02:01 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
12910

Rossiyalik pedagoglar Oʻzbekistonning turli viloyatlarida 2 oy davomida rus tili va rus va adabiyoti oʻqituvchilari malakasini oshirishda va ularning bilimlarini sinashda yordam beradi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Rossiyalik rus tili oʻqituvchilari Oʻzbekistonga tashrif buyurib, mahalliy oʻqituvchilar malakasini sinovdan oʻtkazadilar. Bu haqda Rossiya rus tili va adabiyoti oʻqituvchilari jamiyati saytida xabar berildi. Shu bilan birga oʻzbekistonlik oʻqituvchilarning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan treninglar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, ular Oʻzbekistonga 15 sentyabrdan boshlab guruhlar tarkibida tashrif buyura boshlaydilar. Toshkentda ular 14 ta viloyat boʻyicha guruhlarga taqsimlanadi va hududlarga yetib borgach oʻz ishlarini vazifalari doirasida boshlaydilar.

Rossiyalik mutaxassilar maqsadi Oʻzbekistonda rus tili va rus tilida olib boriladigan umumtaʼlim fanlarini oʻqitilishi sifatini oshirish, rus tili va adabiyoti oʻqituvchilari malakasini oshirish va ularning bilimlarini sinash. Oʻzbekistonda ular ikki oy davomida ish olib boradilar.

Rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda uy-joy va qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlanadilar.

Asosiy mavzular