15:29 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
816 0 0

Xitoyning Tsinxay provintsiyasidan "Dunfen" nomli ikkita raketa uchirildi va ular Janubiy-Xitoy dengizidagi harbiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududga kelib tushdi.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. South China Morning Post gazetasi oʻz manbalariga tayanib, Xitoy chorshanba kuni ertalab Janubiy-Xitoy dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirganini maʼlum qildi, gazeta fikriga koʻra, bu AQSH tomonidan ogohlantirish sifatida qabul qilinishi kerak.

"Bu Janubiy-Xitoy dengiziga AQSH harbiy samolyotlari va kemalarining tobora tez-tez kelib turishining ehtimoliy xatarlariga Xitoyning javobidir", - deyiladi maqolada.

Janubiy-Xitoy dengizi tomon Tsinxay provintsiyasidan DF-26B ("Dunfen-26") raketasi, sharqda joylashgan Chjentszyan provintsiyasidan esa DF-21D ("Dunfen-21") raketasi uchirildi.

Xabar qilinishicha, raketalarning ikkalasi ham harbiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududga tushgan.

Avvalroq AQSH XXRga nisbatan 2013 yilda sunʼiy orollarni qurishni boshlagandan keyin Xitoyga qarshi yangi sanktsiyalarni joriy etgan edi. Hudud bahsli boʻlib, unga Filippin, Yaponiya va Vetnam ham daʼvo qilmoqda. Orollarda uglevodorodlarning yirik zahiralari mavjud.

Asosiy mavzular