20:25 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
263 0 0

Dizayner Nariman Grigoryanning qasddan oʻldirilganligi yuzasidan jinoyat ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Dizayner Nariman Grigoryanning qasddan oʻldirilganligi yuzasidan jinoyat ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida fuqaro Nariman Alimdjanov (dizayner Nariman Grigoryan) ni qasddan oʻldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B.Burkitbayev (1996 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, oʻzbek, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

2020 yil 14 avgustdagi sud hukmiga koʻra, B.Burkitbayev Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

B.Burkitbayevga uzil-kesil oʻtash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Asosiy mavzular