14:02 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
351 0 0

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Oʻzbekiston chegarasida duch kelgan muammo haqida gapirgan videolavhasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiyalik bloger Ilya Varlamov 25 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan videointervyusida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga oʻtish chogʻida chegara oʻtkazish punktlaridagi fuqarolar va ularning qoʻl yuklarini tegishli nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazilishiga doir shaxsiy fikrlarini bildirib oʻtgan.

Ushbu malasa yuzasidan Davlab bojxona qoʻmitasi bayonot berdi.

"Oʻrganishlar natijasida, bloger Varlamov Ilya Aleksandrovich soʻnggi 5 yilda Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasidagi avtomobil oʻtkazish punktlari orqali umuman harakatlanmaganligi, faqatgina 2020 yil 9 fevral kuni tongi soat 05:10 da Rossiya Federatsiyasidan toʻgʻridan toʻgʻri Samarqand aeroportiga uchib kelganligi va 10 fevral kuni mazkur viloyatdagi “Jartepa” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga chiqib ketganligi maʼlum boʻldi.

“Jartepa” chegara bojxona postida ham ushbu shaxs soddalashtirilgan tartibda va tezkorlik bilan bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

“Samarqand xalqaro aeroporti” va “Jartepa” chegara bojxona postlarida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan ushbu shaxs oʻrtasida hech qanday tushunmovchiliklar kelib chiqmagan", - deyilgan qoʻmita maʼlumotida.

Bugungi kunda, barcha chegara bojxona postlari zamonaviy skaner qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlib, fuqarolar tomonidan olib oʻtilayotgan qoʻl yuklari va bagajlar tezkorlik bilan va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari doirasida bojxona nazoratidan oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar uchun chegara bojxona postlarida alohida yoʻlaklar ham tashkil etilgan.

 

Asosiy mavzular