14:58 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
82410

Sutka davomida 284 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 40 338 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 284 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 40 338 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent shahrida hamda 18 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 554 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 37 116 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi.

Ayni paytda 2 925 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak), Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. (erkak), Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli Gʻ.H. (erkak) hamda Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. (erkak) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 297 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Rossiyadan qaytgan fuqarolar

Maxsus poyezd reysi bilan mingga yaqin fuqaro Rossiyadan olib kelindi. Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, 23 avgust kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan “Pervomayskaya” stantsiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Poyezd bugun Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.  

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaktsinu ot koronavirusa
Ruptly / RFPI / WHO / Dmitriy Kurakin/Press-slujba Minzdrava Rossii

Belarus kompaniyasi yordami

Kuni kecha Belarus Respublikasining “BELPHARM” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

Gumanitar yuk tarkibida virusga qarshi preparat, virusli va oʻtkir respirator infektsiyalarda qoʻllaniladigan dori vositalari, antigipertenziv hamda bronxolitik preparatlar mavjud.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 24,2 milliondan oshdi, 825 ming kishi vafot etdi, 15,8 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,8 mln), Braziliyada (3,7 mln), Hindistonda (3,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)

Asosiy mavzular