01:26 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
100 0 0

Prezident Mustaqillik kuni arafasida anʼanaga muvofiq 113 nafar ozodlikdan mahrum jetilgan shaxslarga nisbatan amnistiya eʼlon qildi.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. Oʻzbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik kunining 29 yilligi arafasida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

Ushbu farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 113 nafar fuqaro afv etildi.

Xususan, ularning:

  • 5 nafari asosiy jazodan ozod etildi;
  • 53 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;
  • 15 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi;
  • 40 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 1 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 2 nafarini chet davlat fuqarolari, 105 navfarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

Ushbu farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Asosiy mavzular