02:39 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
38701

Bu OIV ustidan dunyoda qayd etilgan uchinchi gʻalaba boʻldi. Birinchi va ikkinchi holatlarda kuchli tibbiy muolajalar qoʻllanilgan edi.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. Olimlar OIV infektsiyasini halos boʻlishning noyob holati haqida xabar berishdi, deb yozadi "Vzglyad" gazetasi.

Massachusets texnologiya institutining Ragon instituti va Garvard tadqiqotchilarining fikriga koʻra, 1992 yilda OIV tashhisi qoʻyilgan ayol, ehtimol hech qanday davolanishsiz infektsiyani yengishga muvaffaq boʻldi. Shifokorlar taʼkidlashiga koʻra, 66 yoshli Lorin Uillenberg virusni oʻz immuniteti bilan bostirishning noyob qobiliyatiga ega, uning organizmi infektsiyaga qarshi tabiiy yoʻl bilan kurashadi.

Bemorning oʻzi, u hech qachon virusdan davolanmaganligini taʼkidlaydi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, shifokorlar uni yigirma yildan ziyod vaqt davomida kuzatib kelishmoqda va soʻnggi standart sinovlar natijalari Uillenberg tanasida OIV infeksiyasining hech qanday izlari aniqlamagan.

Kak berech sebya ot SPIDa
© Sputnik /

Ilgʻor texnologiyalarning biri yordamida bemor qonining 1,5 milliard hujayralari tahlil qilinganida virusning mayda zarralari aniqlandi. Biroq, shifokorlarning fikriga koʻra, bemorning immun tizimi ularni koʻpayish qobiliyatini yoʻq qilgan.

Ayni paytda dunyoda OIV-infektsiyasidan davolashning ikki holati tasdiqlangan. Bular amerikalik Timoti Rey Braun va "Londonlik bemor" Adam Kastilyexo; qon saratonini davolash uchun ularga suyak iligi oʻtkazilgan edi.

Iyul oyida Sputnik radiosi braziliyalik olimlar OIV-infektsiyasidan halos boʻlganlikning ehtimoliy uchinchi holatini eʼlon qilishganini xabar qildi. 36 yoshli erkak bemorga agressiv deb nomlanadigan davolash usuli qoʻllanilgan. Unga antiretrovirus dori vositalari, shuningdek, nikotinamid (V3 vitamini) berildi, u esa yuqtirilgan hujayralarni latent virusni uygʻotishga majburlaydi va uni immunitet uchun zaif qilib qoʻyadi.

Asosiy mavzular