03:05 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
342 0 0

Prezident farmoni bilan hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻalchilikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

"Bugun, 28 avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ayni paytda Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻalchilikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni oʻqib eshittirildi", - deyilgan xabarda. 

Yigʻilishda shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati aʼzolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari  hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Viloyat faollari soʻzga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

 

Asosiy mavzular