03:03 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
141 0 0

Oʻzbekistonda 3932 nafar bolalarda koronavirus aniqlangan boʻlib bugungi kunga qadar ularning 3293 nafari (83,7%) toʻliq sogʻyib ketgan.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda jami 4 mingga yaqin bola koronavirusga chalingan, lekin ulardan birortasi ham vafot etmagan. Bu haqida bugun AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova xabar qildi. 

Xabarda aytilishiga koʻra,  Oʻzbekistonda 3932 nafar bola koronavirusdan zararlangan va bugungi kunga qadar ularning 3293 nafari (83,7%) toʻliq sogʻyib ketgan. Bolalar orasida kasallikning oʻta ogʻir kechishi yoki oʻlim holati boʻlmagan.

Respublika boʻyicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan boʻlib, ulardan 3932 nafarida kasallik alomatlari aniqlangan. COVID-19 aniqlanganlar bolalarning yoshi quyigicha:

➖ 1 yoshgacha 190 nafarni (4,8%);
➖ 3 yoshgacha bolalar 683 (17,4%) nafarni;
➖ 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8%) nafarni;
➖ 7-18 yoshgacha bolalar 2125 (54%) nafarida kasallik aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kun holatiga Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 40 338 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 37116 nafari tuzayib ketgan. Sogʻayish koefitsenti 92%ni tashkil qilmoqda. Qurbon boʻlganlar soni jami 297 kishini tashkil qildi.

Asosiy mavzular