22:50 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)
89201

Sutka davomida 273 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 40 720 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 273 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 40 720 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 673 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 37 873 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 2 545 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Yashnobod tumanida yashagan 63 yoshli M.K. (erkak) hamda 59 yoshli M.U. (ayol), Olmaliq shahrida yashagan 74 yoshli R.U. (ayol) va Shayxontohur tumanida yashagan 56 yoshli S.U. (ayol) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 302 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Vatanga qaytganlar

Rossiyaning 2ta shahridan Oʻzbekistonga maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelingan.

Rostov-na-Donu shahridan 927 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Namangan viloyatiga yetib keldi. “Toshkent – Kinel –Toshkent” yoʻnalishida maxsus poyezd tashkil qilinib, Samara yaqinidagi Rossiya chegarasida qolgan 918 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi.

Maktablar uchun talablar

“Oʻzbekiston Respublikasida  COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi va hisobga olindi.

Hujjat COVID-19 pandemiyasi davrida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha umumtaʼlim maktablari va maxsus maktab internatlarning xavfsiz ish muhitini taʼminlashga qaratilgan ish faoliyatiga tatbiq etiladi.

Turkiya shifokorlarining tashrifi

Turkiyadan 16 nafar mutaxassislardan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda respublika mutaxassislari bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatish va tajriba almashish uchun tashrif buyurdi. Guruhda - anesteziolog, reanimatolog, pulmonolog, infektsionist, pediatr, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam, biotibbiyot, umumiy amaliyot, ichki kasalliklar, jamoat salomatligi boʻyicha malakali mutaxassislar.

Ular Toshkentdagi Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Toshkent viloyatidagi Zangiota ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Fargʻona, Andijon hamda Namangan viloyatlaridagi ushbu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, kornovirusni aniqlash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda amaliy faoliyat koʻrsatishadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 24,5 milliondan oshdi, 831 ming kishi vafot etdi, 16,0 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,9 mln), Braziliyada (3,8 mln), Hindistonda (3,4 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)

Asosiy mavzular