21:26 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
1681 0 0

Parhezshunos va dermatokosmetolog Irina Lizunning aytishicha, baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari immunitetni pasaytirishi mumkin.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. Baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari immunitetni pasaytirishi mumkin. Bu haqda parhezshunos va dermatokosmetolog Irina Lizun Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytib berdi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, inson immunitetining asosiy dushmanlaridan biri - shakar va transyogʻlardir.

"Shakarni keragidan ortiq isteʼmoli mikroflorani oʻzgartirishi mumkin, axir u organizmning immun reaktsiyalarini bogʻlab turadi. Transyogʻlar, masalan, mahsulotlarni bitta yogʻda bir necha marta qovurganda, oʻsimlik yogʻlari hayvon yogʻiga oʻhshash bir narsaga aylanganida paydo boʻladi. Masalan, margarin sariyogʻga oʻxshaydi. Transyogʻlar yarim tayyor mahsulotlarda koʻp, ular immunitet funktsiyasiga salbiy taʼsir qiladi", - deya izoh berdi shifokor.

Bundan tashqari, taʼm kuchaytirgichlar, taʼm va rang beruvchilar immunitet tizimi uchun foydasizdir.

"Oziq-ovqat mahsulotidagi rang beruvchining oʻzi salbiy taʼsir koʻrsatolmaydi. Ammo odam ovqatni doim rang beruvchilar, taʼm beruvchilar bilan isteʼmol qilsa, ularning umumiy taʼsiri salbiy boʻlishi mumkin", - deb ogohlantirdi diyetolog.

Shuningdek, yogʻlar va uglevodlarga boy bir hilda taomlar ham immunitet uchun xavflidir.

"Eng katta minus - bu boʻsh kaloriyali oziq-ovqat. Biz odatiy tabiiy ovqatlarni, turli xil koʻrinishda isteʼmol qilsak, oʻz-oʻzidan biz immunitet tizimimiz uchun zarur boʻlgan vitaminlar, mikroelementlar, antioksidantlar, moddalarning barcha turlarini olamiz. Agar odamning kunlik taomnomasida faqat kartoshka, makaron, goʻsht va bodring boʻlsa, avtomatik ravishda vitaminlar, mikroelementlar va antioksidantlar yetishmasligi vujudga keladi. Huddi shu holat fastfudda ham roʻy beradi. Har qanday yetishmovchilik immunitet tizimi uchun tahlikali boʻladi", - dedi Lizun.

Xulosa tariqasida, diyetolog taomnomadan fastfud va yarim tayyor mahsulotlarni chiqarib tashlashga chaqirdi.

Asosiy mavzular