23:08 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
295 0 0

MGIMO rektori Anatoliy Torkunovga Moskvada "Doʻstlik" ordenini toshpirish marosimi boʻlib oʻtdi. Rossiya oliygohi rahbariga mukofotni Oʻzbekiston prezidenti nomidan mamlakatning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov topshirdi.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik, Lev Rыjkov. Moskvada MGIMOda ushbu oliygoh rektori Anatoliy Torkunovga "Doʻstlik" ordenini topshirishga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

RF Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti) rahbari Anatoliy Torkunov 26 avgust kuni 70 yoshni qarshi oldi. Biroq prezident Shavkat Mirziyoyevdan mukofot – bu yubiley sababchisiga koʻrsatilgan eʼtibor belgisigina emas. MGIMO rektori tufayli 2019 yilning dekabrida Rossiyaning eng obroʻli oliy taʼlim muassasasalaridan biri Oʻzbekiston abituriyentlariga oʻz eshiklarini ochgan edi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Rektor MGIMO Anatoliy Torkunov nagrajden ordenom "Drujbы" Uzbekistana

"MGIMO haqli ravishda nafaqat Rossiya, balki xalqaro oliy taʼlim maskanlari orasida yetakchi oʻrinni egallagan, u har yili Rossiyaning eng yaxshi 10ta OTMlari roʻyxatidan joy egallaydi, dunyoning yetakchi universitetlari orasida ham munosib oʻrinni egallagan, - dedi taqdirlash marosimi davomida Oʻzbekiston Respublikasining RFdagi elchisi Botirjon Asadov. - MGIMO bitiruvchilari Oʻzbekistonda yuqori lavozimlarni egallaydilar, elchilar, vazirlar oʻrinbosarlari, koʻzga koʻringan jamoat arboblari, muvaffaqiyatli ishbilarmonlarga aylanmoqdalar. Ularning yorqin karyerasi - professor-oʻqituvchilar tarkibining professionalligidan dalolatdir".

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Rektor MGIMO Anatoliy Torkunov nagrajden ordenom "Drujbы" Uzbekistana

Diplomatga koʻra, taʼlim sohasidagi hamkorlik davlatlar oʻrtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanishida muhim rol oʻynaydi.

"Oʻzbekiston men uchun - Markaziy Osiyodagi olis mamlakat emas, — deydi Anatoliy Torkunov. — Bu qalbimizga juda yaqin boʻlgan, biz u bilan oʻn yilliklar mobaynida bogʻlanib kelgan davlatdir. Men ilk bor Oʻzbekistonga 1971 yilda bir guruh talabalar bilan borganman. Oʻshanda butun respublika boʻylab aylanganmiz, va aytishim joizki, yoshlik xotiralari orasida bu eng yorqinidir. Oʻshanda ajoyib tarix va madaniyatga ega bu mamlakat bizni hayratga solgan. Oʻshanda bizni kutib olgan oʻzbek doʻstlarimizning samimiyatini qalbimiz bilan his etgan edik".

Rektorning aytishicha, MGIMOda koʻplab oʻzbekistonliklar tahsil olishgan, ular muvaffaqiyatli karyera qilgach hech qachon oliygohni esdan chiqarmaganlar.

"Taʼkidlashni istardimki, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar, taʼlim sohasidagi aloqalar singari Oʻzbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan pozitsiya va yoʻnalish tufayli faol tarzda rivojlana boshladi, - deya taʼkidladi Anatoliy Torkunov. - U kishidan bizning universitetimizga yaxshi munosabatda boʻlgani va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar barqaror va yuqoriga qarab rivojlanishini taʼminlash uchun juda koʻp ishlarni amalga oshirayotganidan samimiy minnatdormiz".

MGIMOning birinchi xorijiy filialini qisqa vaqt ichida Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlarining shunga tayyorligi tufayli ochish mumkin boʻldi, deydi ishonch bilan MGIMO Odintsovo filiali rahbari Yelena Kozlovskaya. Ayol MGIMOning Toshkentdagi vakolatxonasini tashkil qilishda tashkiliy masalalarni hal etgan.

"Biz duch kelgan eng asosiy muammo - bu koronavirus pandemiyasi vaqtida real holatning keskin oʻzgarganligi boʻldi, - deya tan oladi Yelena Kozlovskaya. — Bitta davlat doirasida yechimni topish osonroq boʻlsa, biz bu yerda masofaviy oʻqishga oʻtish orqali yanada qiyin toʻsiqlarga duch keldik. Natijada, Oʻzbekistonga borishlari nazarda tutilgan oʻqituvchilar Moskvada turib talabalarga maʼruzalarni onlayn tarzda oʻqidilar".

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Rektor MGIMO Anatoliy Torkunov nagrajden ordenom "Drujbы" Uzbekistana

Hozir oʻtgan yil oʻqishga kirgan talabalar ikkinchi bosqichga oʻtdilar, vakolatxona rahbariyati esa abituriyentlar qabuli boʻyicha yangi qarorni imzolamoqda. 2020-yilda MGIMO Toshkent filiali ikkita bakalavrlik dasturini tashkil qilgan: "Xalqaro huquq" va "Biznes-informatika". Shuningdek, toʻrtta magistrlik, shu jumladan lingvistika va menejment boʻyicha ham oʻqish olib boriladi.

MGIMO filialini tashkil qilish boʻyicha bitim 2018 yilning oktyabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi davomida imzolangan. Oʻzbekistonda yangi oliygoh ochilish marosimi esa 2019 yilning dekabrida boʻlib oʻtdi.

Anatoliy Torkunov 1950 yilning 26 avgustida tavallud topgan. MGIMOni tamomlagan, uning hamkurslari orasida, shu jumladan RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boʻlgan. MGIMOni tamomlagach, Anatoliy Vasilyevich KXDRda diplomatik xizmatni oʻtagan. 1972 yilda aspiranturaga kirgan, 1974-yilda - oʻzi tahsil olgan oliygoh rektori yordamchisi etib tayinlangan. 1983 yildan 1986 yilga qadar Torkunov AQShda diplomat sifatida faoliyat yuritgan — avvaliga elchixonaning ikkinchi, soʻngra esa birinchi kotibi vazifasida ishlagan. 1992 yildan MGIMO rektori lavozimini egallab kelmoqda.

Asosiy mavzular