15:42 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
26310

31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari poytaxt aholisi va mehmonlari metrodan bepul foydalanishlari mumkin.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. “Toshkent metropoliteni” UK Mustaqillik bayramiga yoʻlovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Jumladan, bayram kunlari, yaʼni 31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji boʻlgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent yer usti halqa metrosi birinchi bosqichi ishga tushgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular