O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafot etdi.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaZaslujeniy artist Uzbekistana Fatxulla Ma’sudov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafot etdi - Sputnik O‘zbekiston
Zaslujeniy artist Uzbekistana Fatxulla Ma’sudov

Avvalroq Fatxulla Ma’sudov pnevmoniyaning og‘ir shaklini boshdan kechirayotgani ma’lum qilingan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda aktorning og‘ir ahvolda ekanligi haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Fatxulla Mas’udov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan. 2003-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan. 2014-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukfotlangan.

Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida etgani xabar qilingan edi.

Sputnik nashri Fatxulla Ma’sudovning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Yangiliklar lentasi
0