20:30 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
100 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident mamlakat mustaqilligining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan yigʻilganlarni tabrikladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k podnojiyu Monumenta nezavisimosti i gumanizma.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k podnojiyu Monumenta nezavisimosti i gumanizma.

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qoʻydi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi.

Majmuadagi ramziy qabr yonida qatagʻon qurbonlari ruhlariga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi. Shu yerda nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev posetil skver "Shaxidlar xotirasi"

“Bu insonlar haqiqiy yetakchilar, ilgʻor ziyolilar, adabiyot, madaniyat namoyandalari, boshqacha aytganda, millatimizning, xalqimizning eng sara vakillari edi. Tasavvur qiling, agar ular qatagʻon qilinmaganida Vatanimiz rivoji uchun, ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat va adabiyotimiz uchun qanday buyuk ishlar qilgan boʻlar edi, xalqimizni oldinga boshlardi. Shu bilib turib qilingan. Bugun buni armon bilan eslaymiz”, - dedi prezident.

Davlat rahbari qatagʻonga uchragan ana shu 100 ming odamning har biri boʻyicha izlanish, joylarga chiqib, qarindoshlari bilan uchrashib, nomlarini tiklash, qilgan ishlari haqida kitoblar chop etish, oʻzlari yashagan mahallalar va maktablarga nomlarini qoʻyib, xotirasini abadiylashtirish zarurligini taʼkidladi.

Marosimda koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga bagʻishlab ham Qurʼon tilovat qilindi. Bemorlarning tezroq sogʻayishini Allohdan soʻrab, duo oʻqildi.

Shavkat Mirziyoyev posetil skver "Shaxidlar xotirasi"

“Oʻz yaqinlaridan judo boʻlgan barcha oilalarga chuqur hamdardlik bildirib, sabr-toqat tilayman. Davolanayotgan bemorlarimizning dardiga shifo berishini Xudodan soʻraymiz. Olti oydan beri shu balo bilan kurashyapmiz. Bu kasallik yurtimizdan tezroq ketishini soʻrab duo qilamiz”, - dedi Mirziyoyev.

Asosiy mavzular