03:03 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
34510

Bu yil maktab buyumlari bozoridan narx-navolar qanday, qanaqa yangi mahsulotlar paydo boʻlgan, karantin narx-navoga qanday taʼsir qilganini bilish uchun Sputnik muxbiri maktab bozorida boʻldi.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Yangi oʻquv yili boshlanishiga salkam ikki xafta qoldi. Tabiiyki, bu vaqt ichida ota-onalar maktab oʻquv qurollarini xarid qilishga tushishadi. Narxlari hamyonbop va tanlov imkoniyati koʻproq boʻlganligi bois aksariyat ota-onalar maktab qurollarini “Ilm shuʼlasi” savdo kompleksidan xarid qilishni maʼqul koʻrishadi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kantstovarы v torgovom komplekse "Ilm Shuʼlasi"

Avvaliga doimgidek xaridor bilan gavjum boʻlishi mumkin degan oʻyda ushbu bozorga tashrif buyurgan boʻlsak,  uning ichkarisiga kirgach, xato oʻylaganligimizni angladik. Sababi, bozorda xaridorlar sanoqli edi xolos.

Sotuvchilar esa umid bilan doʻkonlarini ochib oʻtirishibdi. Buning sababini karantin holatining yechilganligiga hali unchalik koʻp vaqt boʻlmaganligi va XTVning “gibrid” stsenariysi boʻyicha oʻqishni boshlashga qaror qilganligiga yoʻydik.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kantstovarы v torgovom komplekse "Ilm Shuʼlasi"

Bozorda koronavirusdan himoyalanish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan, kirish darvozasida “Covid-19 ni birga yengamiz” degan shiorlar yozib qoʻyilib, qoʻlida antiseptik vositalarini koʻtarib olgan masʼul ishchilar xaridorlar isitmasini birma bir tekshiruvdan oʻtkazib turibdi..

Dollar kursining oshishi maktab qurollari narxiga nima aloqasi bor?

Sotuvchilardan birining aytishiga qaraganda dollar kursining oshishi maktab qurollarining oʻtgan yilgi narxiga nisbatan 10 % ga taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek, doʻkon va rastalardagi maktab qurollarining narxlari boshqa doʻkondagi maktab qurollari narxidan 500 soʻmgacha farq qilayotganiga guvoh boʻldik.  Oʻz hamyoni sharoiti va tanlov imkoniyatini hisobga olib, ota-onalar  bozordan umumiy maktab qurollarini oʻrtacha 450 000 soʻmdan tortib 500000 ming soʻmgacha xarid qilishi mumkin. Biroq bu narxlarda sotib olingan mollarning sifati nafaqat xaridor talabiga javob bermaydi, balki sotuvchilarning oʻzi ham kafolat berolmaydi.

Oʻquv qurollari necha puldan?

Bozor rastalarida oddiy 12 varaqli yozuv daftarining narxi 300 soʻmdan 400 soʻmgacha, koʻk rangli ruchkalar 1000 soʻm, olti va undan koʻproq donadagi turli rangda boʻlgan ruchkalar 4500 soʻmdan tortib 11 500 soʻmgacha sotilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kantstovarы v torgovom komplekse "Ilm Shuʼlasi"

Oʻn ikki donadan iborat boʻyoq qalamlarning narxi 12 000 soʻm, oʻchirgʻichlar 2000 soʻm, Dubaydan keltirilgan qalam chiqargichlar 1500 soʻmdan 7500 soʻmgacha. Sotuvchiga koʻra qimmatroq narxdagi Dubay va Xitoydan keltirilgan, yangi bezakli ishlovlardagi qalam chiqargichlar qalam oʻchirish vazifasini ham bajaradi.

Tsirkullar ichidagi qoʻshimcha qurollari bilan sifatiga qarab oʻrtacha 18 000 soʻmdan 35 000 soʻmgacha boʻlsa, qoʻshimcha qurollarsiz boʻlgan original tsirkulning narxi 45 ming soʻmdan sotilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kantstovarы v torgovom komplekse "Ilm Shuʼlasi"

Rasm daftarlar suratlari va sifatiga qarab 8 dan 40 varaqlisigacha 2400 soʻmdan 5300 soʻmgacha, lineykalar 1500 soʻmdan 9 600 soʻm, boʻyoq shetkalari 4500-10500 soʻmgacha, boʻyoqlar sakkiz xonalidan 32 xonaligacha 7 000 soʻmdan 26 500 soʻmgacha, oʻng va chapaqaylar uchun moʻljallangan oʻquvchilar qaychisi 3500 soʻmdan 4500 soʻmgacha narxlarda.

Oʻzbekistonda qanday oʻquv qurollari ishlab chiqariladi?

Bundan tashqari rastalardagi maktab qurollarining deyarli aksariyati Rossiya, Xitoy va Dubaydan keltirilgan mollar boʻlib, bariga koʻrinishi, sifati va hajmiga qarab narxlar belgilangan. Sotuvchilardan biri esa hozircha faqat daftar, ruchka va baholash kundaliklargina Oʻzbekistonda ishlab chiqarilib, bozorga tarqatilayotganini aytadi. Buni boshqa doʻkon sotuvchilari ham tasdiqladi.

“Onlayn” oʻqishda oʻquvchilar kundalik daftari tutadimi?

Xaridorlardan biri doʻkonga kundalik daftari bormi deya soʻrab kirdi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kantstovarы v torgovom komplekse "Ilm Shuʼlasi"

Sotuvchi kundalik daftari sotilmayotgani, bu yil oʻquvchilarning onlayn tizimda oʻqitilayotganligi bois baholash kundaliklaridan foydalanilmasligini aytdi. Xaridor sotuvchi javobidan koʻngli toʻlmay  keyingi doʻkonga kirib, kundalik sotib oldi.  “Gibrid” stsenariysi boʻyicha oʻqitilishidan xabardor sotuvchi maʼlum foiz boʻlsada bu yil ham oʻquvchilarning kundaliklar daftaridan foydalanishlari mumkinligini aytadi va xaridorga Dubaydan keltirilgan yangi charm muqovali kundaliklarni taklif qiladi.   Turli rang va naqshlarda boʻlgan ushbu charm kundaligi 20 000 soʻm, Xitoydan keltirilgan qogʻoz muqovali kundaliklar 3000 soʻmga sotilmoqda. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan kundaliklar esa 6000 soʻm boʻlib, sotuvchi uning sifati narxiga yarasha ekanligini ochiq-oydin aytadi. 

Xaridor sifatsiz moldan norozi boʻldi. Sababi...

Kuzatuv jarayonida sotuvchi yoniga xaridorlardan biri kelib, unga sifatsiz boʻlgan ruchkani 1000 soʻm bahosida sotganligi, uni boshqa yaroqlisiga alishtirib berishini talab qildi.  Sotuvchi ham boʻsh kelmay, xaridorning oʻzi arzon bahosiga uchib shu ruchkani sotib olgani, rangi oqadigan mazkur ruchka Oʻzbekistonda ishlab chiqarilganligini aytdi va xaridorga 2000 soʻm narxda boʻlgan Dubay va Hindistondan keltirilgan ruchkalarni tavsiya qildi...  Shu tariqa erinmay har bir maktab qurollarining narxlarini surishtirdik.

Yangilik — yomgʻirpoʻshli ryukzaklar...

Panjaraga turnaqator qilib osib qoʻyilgan ryukzaklar narxi 150 000 soʻmdan boshlanadi. Eslasangiz, choʻntaklari koʻproq, telefonni quvvatlantiruvchi USB-portli ryukzaklar oʻtgan yildan boshlab bozor rastalarida paydo boʻlgan edi. Bu kabi ryukzaklar bu yil 200 000 soʻmdan sotilmoqda. Xaridor narxi bir oz qimmatligidan norozi boʻlganida, sotuvchi yangilik deya ushbu ryukzaklarning ichida turgan  yomgʻirpoʻshini koʻrsatadi. Uning aytishicha yomgʻir yogʻganda ichidagi yomgʻirpoʻsh ryukzakka kiydirilsa, shalobbo boʻlishdan asraydi. Bundan tashqari ushbu ryukzakning oʻnga yaqin choʻntaklari, yashirin choʻntaklari boʻlib, uni taqqanda ichki qismi massaj  vazifasini oʻtaydigan shaklda ishlov berilgan.  Ana shu qulayliklarni koʻrsatib, sotuvchi xaridorga ryukzakning sifati uning narxiga mos ekanligini aytadi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kantstovarы v torgovom komplekse "Ilm Shuʼlasi"

Ortiqcha bezaklarsiz boʻlgan penallar esa 15 000 soʻmdan boshlanib,  qulfli, bezakli sumka-penallarni 45 000 soʻmdan sotib olishingiz mumkin. Bezak va suratlari oʻrtacha boʻlgan penallarni 30 000 ga ham sotib olish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekistonda 14 sentyabrdan boshlab maktablar ochilishi, oʻqitish uchun “gibrid” stsenariysi tanlaganligini maʼlum qildi. Gibrid stsenariysi boʻyicha istagan ota-ona oʻz farzandini oʻqishga yuborishi mumkin boʻladi. 

Asosiy mavzular