19:13 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
542 0 0

Samarqand shahridagi oshxonada 40 nafardan ortiq fuqaro ishtirokida toʻy marosimi oʻtkazildi. Toʻyga ruxsat bergan oshxona maʼmuriyatiga chora koʻrildi.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Samarqand shahrida karantin qoidasiga zid  ravishda toʻy oʻtkazgan oshxona maʼmuriyatiga chora koʻrildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 2020 yil 29 avgust kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 6-son IIBga shahridagi Maroqand koʻchasidagi “Maroqand” oshxonasida 40 nafardan ortiq fuqaro ishtirokida toʻy marosimi oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgan.

Hudud profilaktika inspektori tergovoldi surishtiruv harakatlarini olib borgan va haqiqatdan ham ushbu oshxona maʼmuriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligini aniqlagan.

Oshxona maʼmuriyatiga nisbatan Oʻzbekiston MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborilgan.

Eslatib oʻtamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berilgan.

Asosiy mavzular