Sergeli metrosi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki oydan so‘ng metroning yer usti liniyasining "Qipchoq" bekatidan "Olmazor" bekatigacha bo‘lgan qismi qurib bitkaziladi.

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Toshkentda bir necha oydan so‘ng metroning Sergeli liniyasi ishga tushiriladi. Bu haqida "O‘zbekiston 24" telekanaliga Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilxom Maxkamov habar qildi.

"Ikki oydan so‘ng biz Sergeli tumanida joylashgan metroning yer usti yo‘li obyektini qurib bitkazamiz. O‘shanda metroning "Qipchoq" bekati yer osti "Olmazor" bekati bilan o‘tish joyi orqali ulanadi. Bu bizga Toshkentda yagona transport tizimi yaratish imkonini beradi", - dedi Mahkamov. 

Sergeli metro yo‘nalishining umumiy uzunligi 7,1 kilometrni tashkil qiladi.Iyun oyning boshida birinchi relslarni o‘rnatish boshlangan edi. 

Yangi transport obyektining umumiy qiymati 82,6 milion dollarni tashkil qiladi. Ulardan 47,5 millioni -davlat budjetidan, 35,1 millioni - Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena.
Sergeli metrosi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Sergeliyskoy vetki stolichnogo metropolitena.

 

Yangiliklar lentasi
0