O‘zbekiston va Belarus muntazam parvozlarni qayta tiklash to‘g‘risida kelishuvga erishdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSpotting v aeroportu Vnukovo
Spotting v aeroportu Vnukovo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Minsk - Toshkent - Minsk muntazam aviareyslarini qayta tiklash borasida kelishuvga erishildi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus ikki davlat o‘rtasidagi muntazam parvozlarni tiklash niyatida. Bu haqda Belarus Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, Belarus Transport va kommunikatsiya vazirligi aviatsiya bo‘yicha departamenti direktori Artom Sikorskiy O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev bilan muzokalarlar o‘tkazgan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Minsk - Toshkent  - Minsk muntazam aviareyslarini qayta tiklash borasida kelishuvga erishildi.

Reyslarni ikki davlatning milliy aviatashuvchisi “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Belavia”  amalga oshiradi.

Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sentabrdan boshlab qator davlatlar bilan avia-parvozlarni tiklamoqchi

Bundan tashqari, muzokaralar chog‘ida ikkala davlatda karantin choralarini hisobga olgan holda parvozlar soni va yo‘lovchilarni tashish shartlari bilan bog‘liq aniq masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollarini hamda pandemiya oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati ayni vaqtda Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston Respublikasi bilan sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0