01:57 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
401 0 0

Maxsus komissiya 5 sentyabrdan boshlab restoran, kinoteatr, istirohat bogʻlari va masjidlar faoliyatiga ruxsat berdi. Shuningdek yoʻnalishli taksilar faoliyatiga ham ruxsat berildi.

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Respublika Maxsus komissiyasi 5 sentyabrdan boshlab restoran, kinoteatr, istirohat bogʻlari va masjidlar faoliyatiga ruxsat berdi.

Ushbu muassasalar oʻz faoliyatini quyidagi talablarga rioya qilgan holda olib borishi kerak: 

Restoran, kafe, oshxona, choyxonalar:

➖ banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik;
➖ stollar oraligʻidagi 2 metrdan kam boʻlmagan ijtimoiy masofani taʼminlash;
➖ bir stol atrofida 4 kishidan koʻp boʻlmagan (oila aʼzolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
➖ xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlishi;
➖ har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalash;
➖ bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) oʻrnatish.

Teatr va kinoteatrlar:

➖obʼyektning havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) oʻrnatish;
tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish hamda tibbiy niqobda boʻlish (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almashtirish);
➖obʼyektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfektsion “toʻshaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir tashrif buyuruvchilarning tana haroratini oʻlchab, 370S va undan yuqori boʻlgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda kiritmaslik;
➖har bir seansdan keyin oʻrindiq va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalash;
xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlishi;

Parklar va istirohat bogʻlari:

➖tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turishini taʼminlash;
➖attraktsionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan soʻng dezinfektsion vositalar bilan tozalash;
➖attraktsiondan foydalanishda ijtimoiy masofani saqlash;
➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlishi;
➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar
va b.) oʻrnatish (yopiq binolardagi attraktsionlar faoliyati uchun).

Masjidlar va ibodatxonalar (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishda:

➖jamoaviy ibodatni oʻtkazish uchun tashrif buyuruvchilar oʻrtasida ijtimoiy masofani taʼminlash;
➖diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda boʻlishi;
➖sanitariya-gigiyena va dezinfektsiya talablariga qatʼiy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfektsiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “toʻshak”lar bilan jihozlash;
➖har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalash;
➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) oʻrnatish.
➖tana harorati 370S va undan yuqori boʻlgan yoki infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
➖diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining toʻplanishiga qatʼiy yoʻl qoʻymaslik;

Undan tashqari, Maxsus komissiya 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab yoʻnalishli taksi faoliyatiga ruxsat bergan. Yoʻnalishli taksi xizmati tashkil qiluvchilar quyidagi talablarga amal qilishi kerak:

  • Yoʻnalishli taksida (“Damas” rusumli yengil avtomobillari bundan mustasno) yoʻlovchi tashish faoliyatiga. Bunda ushbu obʼyektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:
  • Yoʻnalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda oʻlchanib, 37oS va undan yuqori boʻlgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻymaslik, ularning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlishini taʼminlash;
  • Yoʻnalishli taksida yoʻlovchilarning tibbiy niqobda boʻlishini, tibbiy niqob boʻlmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • Transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir oʻrindiqni) toʻliq dezinfektsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Eslatib oʻtamiz, 15 avgustdan Toshkentda yoʻnalishli avtobuslar harakatiga, 17 avgustdan masjidlar va ibodatxonalar faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Faqat u yerda juma namozlari va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish mumkin emas edi. 

Asosiy mavzular