01:35 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
572 0 0

2020 yil 5 sentyabrdan keyin qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi. Jumladan, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazish.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan 2020 yil 5 sentyabrdan keyin qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi.

Quyidagi karantin cheklovlari:

- fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda boʻlishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qatʼiy choralar (jarimaga tortish) koʻrish;

- tana harorati 37 gradus va undan yuqori boʻlgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;

- supermarket va boshqa yirik doʻkonlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfektsion “toʻshaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37 gradus va undan yuqori boʻlgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda boʻlishini, shuningdek, ushbu obʼyektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qoʻlqop bilan taʼminlash;

- buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlarda sanitar tozalash ishlarini oʻtkazish uchun haftada bir kun sanitar kunini eʼlon qilish;

- davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yigʻilishlar oʻtkazishni taqiqlash, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferentsaloqa rejimida oʻtkazish;

- ommaviy tadbirlar oʻtkazishni taqiqlash;

- toʻyxonalar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatini taqiqlash;

- oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish;

- 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarning “oʻzini oʻzi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targʻibot ishlarini amalga oshirish;

- yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi, haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi), yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi hamda faqat oʻz (avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hududida harakatlanish.

Asosiy mavzular