22:58 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
384 0 0

2020 yil 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi avtoyoʻl oʻtkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish boʻyicha cheklovlar bekor qilinadi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan 2020 yil 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi avtoyoʻl oʻtkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish boʻyicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda bekor qilinadi.

Quyidagi tartib joriy etilmoqda:

  • oxirgi 14 kun Qirgʻizistonda boʻlib turgan yoki soʻngi 72 soat davomidagi koronavirus infektsiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan shaxslar Oʻzbekistonga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;
  • Qirgʻizistonga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida boʻlgan Oʻzbekiston  fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan soʻng karantin nazoratiga olinmaydi;
  • mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda Oʻzbekistonga kirib keluvchi shaxslar oʻrnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.

Eslatib oʻtamiz, 1 sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolariga Qirgʻizistonga kirish ruxsat berilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular