22:54 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
227 0 0

Taʼkidlanishicha, bu roʻyxatdan oʻtish jarayonlarini sanitariya meʼyorlariga rioya qilgan holda oʻtkazishga imkon beradi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Abituriyentlardan kirish imtihonlariga 1-1,5 soat oldin kelish soʻraldi.

“Hurmatli abituriyentlar! Kirish imtihonlari kuni roʻyxatdan oʻtish jarayonlarini sanitariya meʼyorlariga rioya qilgan holda oʻtkazish uchun imtihon boshlanishidan 1-1,5 soat oldin kelishingizni soʻraymiz. Eslatib oʻtamiz, birinchi smenadagilarning imtihoni  soat 7:30 da boshlanadi, demak abituriyentlar soat 6:00 dan roʻyxatdan oʻtishni boshlashlari mumkin”, - deyilgan Toshkent shahar IIBB xabarida.

Taʼkidlanishicha, Davlat test markazi tomonidan bir martalik tibbiy niqoblar va qoʻlqoplar tarqatiladi. Ulardan foydalanish majburiydir.

“Shuningdek ijtimoiy masofa saqlash qoidasi haqida ham unutmasligingizni soʻraymiz – siz va boshqa shaxs orasida uch metrlik masofa boʻlishi kerak”, - deya qoʻshimcha qilingan xabarda.

Asosiy mavzular