TOSHKENT, 2 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda bugundan 2020-2021 oʻquv yiliga kirish imtihonlari boshlandi.
Imtihonlar soat 2 sentyabrdan boshlanib 14 kun davomida 2 smenada boʻlib oʻtadi. Ob-havo yomgʻirli boʻlgan kunlarda imtihon keyingi kunga qoldiriladi.
- Birinchi smena 8:00 - 11:00 gacha
- Ikkinchi smena 17:00 - 20:00 gacha
Imtihonlarga oʻz vaqtida kirish uchun abituriyentlarga 1 -1,5 soat oldin kelish tavsiya etiladi. Kechikkan abituriyentlar testga kiritilmaydi.
Abituriyentlar oʻzlari bilan 2ta hujjat olib kelishlari kerak:
1. Pasport (original)
2. Abituriyent ruxsatnomasi
Boshqa hujjatlar: pasport nusxasi, harbiy guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi - oʻtmaydi.
Abituriyent ruxsatnomasini abituriyentning shaxsiy kabinetidan yuklab olish mumkin. Abituriyent guvohnomasida test sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan boʻladi.
Imtihonlar ochiq havoda boʻlib oʻtayotgani tufayli abituriyentlarga bosh kiyimda kelishga ruxsat berildi.
