01:33 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
126110

Diabet kasaliga olib keluvchi asosiy sabab aniqlandi. Britaniya va Italiya olimlari aniqlashiga koʻra ushbu kasallik rivojlanishiga genetik moyillikdan koʻra ortiqcha vazn koʻproq taʼsir qilar ekan.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Ortiqcha vazn diabet rivojlanishining asosiy sababidir, vazn tashlash esa buning oldini olishi yoki diabetni butunlay yengishi mumkin. 

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti Hamda Italiyaning Milan universiteti mutaxasislari ana shunday xulosaga kelishdi.

Olimlar oʻrtacha yoshi 57,2 boʻlgan 445 765 kishining biologik maʼlumotlarini tekshirib chiqishdi. Ikkinchi turdagi diabet rivojlanishi 6,9 million genlarni analiz qilish asosida hamda tana ogʻirligi indeksi asosida aniqlandi.

Olimlar barchani 5 guruhga boʻlishdi: genetik jihatdan kasalikka moyil boʻlganlar va tana ogʻirligi indeksi boʻyicha  kasalikka moyil boʻlganlar.

Tajriba ishtirokchilari 65,2 yoshgacha kuzatuv olib borildi. Ushbu vaqt ichida 31 298 kishida ikkinchi turdagi diabet kasali rivojlandi. Shu bilan birga, tana ogʻirlik indeksi yuqori boʻlgan fuqarolarda diabet rivojlanish ehtimolligi 11 marotaba yuqori boʻlgan. Yaʼni ortiqcha vazn diabet rivojlanishiga odamning genetik moyilligidan koʻra muhimroq faktor boʻlgan. 

Olimlar xulosasiga koʻra, aksariyat hollarda tana ogʻirlik indeksini muayyan darajada ushlab turish orqali diabet rivojlanishini oldini olish mumkin. Buning uchun tana ogʻirlik indeksi qonda shakar miqdori keskin koʻpayishi darajasiga yetmasligi kerak. Agar diabetning dastlabki bosqichlarida, kasallik tanaga qaytarib boʻlmas shikast yetkazmasdan oldin vazn tashlansa - diabetni orqaga qaytarish ham mumkin. 

Tana ogʻirlik indeksi (TOI) - quyidagi  formula boʻyicha hisoblanadi:   

m — tana ogʻirligi 
h — boʻy uzunligi 
kg/m² - oʻlchov birligi

Masalan: ogʻirlik 75 kg, boʻy = 174 sm.  TOI=75: (1,74×1,74) ≈ 24,77 kg/m²

Tana ogʻirlik indeksi normalari:

16 - 25 kg/m²  - juda kam va kam 

25 - 30 kg/m²  - norma 

30 - 35 kg/m²  - semizlikning birinchi bosqichi 

35 kg/m² dan yuqori - semizlik 

Asosiy mavzular