22:06 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
77510

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabrida insult oqibatida olamdan oʻtgan edi.

TOSHKENT, 2 sen - Sputnik. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Instagramdagi sahifasida otasini xotiraladi.

Lola Karimova Instagramdagi sahifasida Samarqanddagi qadimgi masjid va birinchi prezident - otasi dafn etilgan maskan suratini ilova qilgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva)

"Atrofga taralayotgan tongning mayin zarrin nurida abadiylikni qalban his etadi inson. Bu foniy dunyoda hayot yoʻlini yakunlagan butun borliq mangulik bilan birlashib ketadi. Ushbu oʻzga, tiriklardan ajralgan olam bu dunyoning tashvish va fojealari, nafrat, quvonch yoki gʻazab kabi tuygʻulardan mustasno. Uni faqatgina sokinlik barcha soʻzlardan ham mukammal tasvirlashi mumkin. Ushbu oʻz transformatsiya yoʻlimizni bosib oʻtish har birimizning peshanamizda borligi haqida ongli ravishda fikr yuritish inson uchun muhimdir. Axir energiya qonuni ham hayot tugamasligi, faqat oʻz shaklini oʻzgartirishi va abadiy boʻlishini tasdiqlaydi. Otamning bolaligi oʻtgan shaharga ochilayotgan goʻzal manzara. Bu yorqin ranglar jilovidan butun vujuding bilan sokinlik va hotirjamlikni his qilasan. Otamning hayot yoʻllari, bugun ularning xotiralarini yodga oladigan insonlar uchun - ahamiyatli edi", - deya izoh qoldirgan surat tagida Lola Tillayeva.

Asosiy mavzular