Mutlaq g‘olib: O‘zbekiston ArMI-2020 musobaqasining yana bir yo‘nalishida tengsiz

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSbornaya Uzbekistana stala chempionom konkursa “Dorojniy patrul”
Sbornaya Uzbekistana stala chempionom konkursa “Dorojniy patrul” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ArMI-2020 doirasida O‘zbekiston jamoasi “Yo‘l patruli” musobaqasida rekord natija bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Qo‘qon mezbonlik qilgan ArMI – 2020 Xalqaro armiya o‘yinlarining “Yo‘l patruli” O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va bu natija O‘zbekiston jamoasi o‘zining musobaqa tarixidagi eng yuqori natijasini qayd etdi.

Bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda Mudofaa vazirligi harbiy avtomobil nazorati xodimlari Rossiya hamda beloruslik raqiblaridan har tomonlama ustun ekanliklarini namoyish etishdi.

Kapitan Mansurjon Akobirov, serjantlar Siddiq A’zamov, Farhod Musayev Makarov pistoleti va avtomatdan o‘q otish, ekstremal boshqarish va yo‘l harakati hodisasi paytida sodir bo‘lishi mumkin o‘t o‘chirish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish shartlarini bajarish jarayonida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSbornaya Uzbekistana stala chempionom konkursa “Dorojniy patrul”
Mutlaq g‘olib: O‘zbekiston ArMI-2020 musobaqasining yana bir yo‘nalishida tengsiz - Sputnik O‘zbekiston
Sbornaya Uzbekistana stala chempionom konkursa “Dorojniy patrul”

Dasturga ko‘ra jamoalar vakillari so‘nggi ikki shart – avtomobil shinalarini almashtirish va yo‘l harakatini boshqarish (konkursdan tashqari) borasida bahs olib bordi. Kichik serjant Muzaffar Tulyabayev va  katta leytenant Jamoliddin Egamberdiyev juftligi 1 daqiqa 14 soniyada avtomobil shinasini almashtirib, o‘zlariga topshirilgan vazifani a’lo darajada bajarishdi. Serjant Jo‘rabek Qodirov, Aleksey Serebrov (Rossiya) va Aleksandr Sheglov (Belarus) yo‘l harakatini boshqarish shartida eng yaxshi inspektorlar sifatida o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Qayd etilgan natijalarga yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi birinchi, Rossiya ikkinchi, Belarus uchinchi o‘rindan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta”da g‘oliblikni qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0