02:39 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
79 0 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda magistraturaga kirish imtihonlari 8-20 sentyabr kunlari oʻtkaziladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qilmoqda.

“2020/2021 oʻquv yili qabulida respublika oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qatʼiy rioya qilingan holda 2020 yil 8-20 sentyabr kunlari oʻtkaziladi”, - deyilgan xabarda.

Bu Oʻzbekiston taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qarorida belgilab qoʻyilgan.

Xabarda imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinishi qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston OTMlarida 2 sentyabrdan rasman yangi oʻquv yili boshlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular