TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida “Tank biatloni” musobaqasining yarim finalida Oʻzbekiston jamoasi uchinchi boʻldi.
Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida ArMI-2020 Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida tank biatlonining yarim final bahslari boʻlib oʻtdi.
Musobaqa yakunlari quyidagicha boʻldi: Rossiya - 1.39.24, Qozogʻiston - 1.59.16, Oʻzbekiston - 2.05.16 (24 ta nishondan 14 tasi aniq nishonga olindi) va Qirgʻiziston- 2.38.10.
Barcha mamlakatlar Rossiya tanklarida ishtirok etdi. Tank biatlonida har bir jamoadan 3 ta ekipaj ishtirok etdi. Tankchilar tankni, vertolyotni va tankka qarshi otuvchi qurolni imitatsiya qiluvchi nishonlarga oʻq uzishdi.