14:06 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
345 0 0

2020 yilda Oʻzbekiston 131 dan ortiq dunyo mamlakatlari ichida 93 oʻrinni egalladi. Reytingda Shveytsariya 1-oʻrinni egallagan.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Global innovatsion indeks-2020 (GII) reytingida Oʻzbekiston 93-pogʻonadan oʻrin oldi.

Taʼkidlanishicha, soʻnggi besh yil davomida respublika GIIga maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli kiritilmagan.

2020 yilda 80 ta koʻrsatkichdan iborat boʻlgan Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari ichida Instituttsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infrastruktura (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yoʻnalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini koʻrish mumkin.

Reytingda Shveytsariya 1-oʻrinni egallagan. Rossiya – 47-oʻrin, Qozogʻiston – 77-oʻrin, Qirgʻiziston – 94-oʻrin, Tojikiston – 109-oʻrinda keltirilgan.

Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan soʻrovnomalar va 61 ta koʻrsatkichlarga tegishli miqdoriy statistik maʼlumotlardan tashkil topgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019-2021 yillarda Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan. Unda Oʻzbekiston 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular