06:51 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
58711

Uzbekistan Airways xalqaro parvozlarni tiklayotganini maʼlum qildi. Yaqinda Germaniya, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va BAAga parvoz qilish mumkin.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Uzbekistan Airways xalqaro parvozlarni tiklayotganini maʼlum qildi.

4 sentyabrdan BAA va Turkiyaga, 10 sentyabrdan Germaniyaga, 14 sentyabrdan Qirgʻizistonga, 11 sentyabrdan Qozogʻistonga parvozlar amalga oshiriladi.

Muntazam ravishda amalga oshiriladigan reyslar jadvali:

  • 4 sentyabrdan: Toshkent-Dubay-Toshkent;
  • 4 sentyabrdan: Toshkent-Istabul-Toshkent
  • 10 sentyabrdan: Toshkent-Frankfurt-Toshkent;
  • 11 sentyabrdan: Toshkent-Olmaota-Toshkent;
  • 14 sentyabrdan: Toshkent-Bishkek-Toshkent.

Yoʻlovchilardan 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatgich ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etish talab etiladi. Maʼlumotnoma ingliz yoki rus tillarida boʻlishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston barcha turdagi xalqaro qatnovlarni (avia, temir yoʻl va avtomobil) qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklashi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular