23:03 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
205 0 0

Olimlar tadqiqot davomida odamlar mansabining koʻtarilishini tahlil qilishdi. Shuningdek, talabalar oʻrtasida tadqiqot oʻtkazildi.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Ogayo Universiteti olimlari orzularni qanday amalga oshirish mumkinligini aniqladilar.

Ularning soʻzlariga koʻra, inson orzularini oʻzidan mavqei baland kishilarga hikoya qilib bersa, ular ushalar ekan.

“Sxema juda oddiy ishlaydi: agar rejalaringizni siz maftun boʻlgan kishi eshitsa, siz orzuingiz ushalishi uchun koʻproq saʼy-harakat qilasiz”, - deyilgan xabarda.

Olimlar tadqiqot davomida odamlar mansabining koʻtarilishini tahlil qilishdi va maqsadga erishish inson oʻz rejalari bilan oʻzidan mavqei yuqori kishi bilan oʻrtoqlashishiga bogʻliqligini aniqlashdi.

Yana boshqa bir eksperement talabalar oʻrtasida oʻtkazildi: semestr davomida ular muayyan baho olishlari kerak edi. Natijada oʻz maqsadlarini hurmatli kishilar bilan oʻrtoqlashganlar buning uddasidan chiqdi.

Asosiy mavzular