12:51 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
21510

Materiallar va eksponatlar Oʻzbekistonning boy tarixi va milliy madaniyati, mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirishi, turizm va investitsiya salohiyatini ilgari surishi darkor.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Oʻzbekiston noyabr oyida Moskvadagi Butunrossiya koʻrgazma markazi (VDNX) hududida oʻz koʻrgazmalarini tayyorlaydi. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Madaniyat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ekspozitsion markazini Oʻzbekistonning zamonaviy madaniyati va tarixi toʻgʻrisidagi materiallar va eksponatlar bilan jizohlash boʻyicha tegishli tashkiliy va moliyaviy choralarni koʻradi.

Materiallar va eksponatlar Oʻzbekistonning boy tarixi va milliy madaniyati, mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirishi, turizm va investitsiya salohiyatini ilgari surishi darkor.

Qaror bilan Moskvada “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini saqlash turish va undan foylanish direktsiyasi tashkil etiladi.

Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga pavilonni rekonstruktsiya va jihozlash ishlarini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan Oʻzbekiston va Rossiya Hukumatlari oʻrtasida Moskvadagi Butunrossiya koʻrgazma markazi 66-pavilonida “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlangan edi. Pavilon Oʻzbekistonga 49 yilga ijaraga berilgan.

Asosiy mavzular