12:43 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
107 0 0

Ota-ona xotirjamligi - bolaga ishonch beradi. Bola his-tuygʻularini ifoda etishga oʻrgating: tajovuzni - jismoniy mashqlar orqali, xavotirni – yaqinlari bilan suhbat orqali.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Pandemiya sharoitida Oʻzbekistonda ham maktab oʻquvchilari turli qiynchiliklarni boshdan kechirmoqda, deb xabar qilmoqda Xalq taʼlimi vazirligi.

Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan kimdir maktabda, kimdir masofaviy taʼlim olishga majbur boʻlmoqda. Ushbu noqulayliklar bolalar ruhiy holatiga ham salbiy taʼsir qiladi, albatta. 

Ota onalar bolalariga qiyin vaziyatda stressni yengib oʻtishda ruhiy yordam berishlari mumkin. Buning uchun ularga quyidagilar kerak:

  • Oilada qulay, xotirjam va xayrixoh muhitni saqlash va rivojlantirish. Qiyin vaziyatlarda vahima qoʻzgʻamaslik havotirga tushmaslik kerak. Oila aʼzolarining xayrixohligi va xotirjamligi bolaga ishonch berish va vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.
  • Muntazam ravishda farzandingiz bilan uning hissiyotlari, havotirlari bilan bogʻliq mavzularda suhbatlashing. Yaqin va uzoq kelajakni muhokama qilishni unutmang. Farzandingiz bilan suhbatlashib uning kelajak istiqbollarini yaratishga harakat qiling (lekin majburan emas).
  • Oʻzingizning tajribalaringiz, fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashing, hayotits voqealarni aytib bering, shu jumladan oʻzingiz va doʻstlaringiz qiyin hayotiy vaziyatlarni yengib oʻtganingiz haqida.
  • Oddiy yurakdan suhbat bolada oʻziga ishonch tuygʻusini ortishiga olib kelishi mumkin. Hamdard boʻling, hozir unga qanchalik qiyinligini tushunishingizni ayting. Ota-onasining koʻmagi va hamdardligini his qilgan bolalar stressni muvaffaqiyatli yengadi.
  • Bolani oʻz his-tuygʻularini ijtimoiy maqbul shakllarda ifoda etishga oʻrgating (tajovuzni - faol sport turlari, uyda yoki koʻchada oʻtkazilishi mumkin boʻlgan jismoniy mashqlar; havotirlarini – yaqinlari bilan suhbat orqali).
  • Bola (ayniqsa, oʻspirin) uchun koʻpincha oʻz tajribalarini ota-onalari yoki tengdoshlari bilan baham koʻrish qiyin kechadi. Shu maqsadda bolangizni daftar ochishga taklif qiling, unda u oʻz havotirlari haqida yozadi. Hissiyotlarni qogʻozga tushirgandan soʻng, u mumkin boʻlgan salbiy fikrlardan xalos boʻlib, yengillashadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablarida oʻqish 14 sentyabrdan boshlanadi. Undan ota-onalar oʻz istaklariga koʻra bolalarini maktablarga yuborishlari yoki masofadan turib oʻqitishlari mumkin. 

Asosiy mavzular