Sudlar raqamlashtiriladi - prezident qarori

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda O‘zbekiston sudlarida videokonferensiya orqali onlayn ishtirok etish, qarorlarni elektron shaklda olish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O‘zbekistonda sudlar faoliyati shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida, ushbu sohaga raqamli texnologiyalarni imkon qadar kengroq joriy etish belgilandi. Bu haqida prezidentning yangi qarorida aytib o‘tilgan. 

Xususan, yangi qaror O‘zbekiston sudlarida quyidagi yangiliklarni joriy etishni rejalashtirgan: 

  • sudlarga masofadan turib murojaat qilish;
  • sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish;
  • sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash;
  • sud qarorlarini Internet tarmog‘ida e’lon qilish;
  • ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish;
  • interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish; 
  • vazirliklar va boshqa tashkilotlar bilan elektron ma’lumotlar almashinuvini yanada kengaytirish;

Ushbu ishlarni amalga oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Xususan, 2021 yilning 1-yanvaridan boshlab barcha sudlarni audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish boshlanadi. 

2021 ytlning 1-oktabridan barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul asosda xabardor qilish boshlanadi. 

2023 1-yanvaridan boshlab sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish;

"Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

 

Yangiliklar lentasi
0