11:54 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
90110

Taʼkidlanishicha, bu yilgi paxta mavsumida birorta yollanma ishchi shartnoma tuzmasdan turib paxta dalasiga chiqmaydi

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari Bahodir Umrzoqovning maʼlum qilishicha, qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1000 soʻm, ikkinchi terimda 1 400 soʻm haq toʻlanadi. U bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida  maʼlum qildi.

Vazir oʻrinbosarining aytishicha, paxta mavsumida yaxshi teradigan terimchilar kuniga 100-120 ming atrofida daromad olishlari mumkin.

"Paxta teruvchilar 2 xil boʻladi. Birinchisi oʻz manzilida paxta teradiganlar, ikkinchisi esa boshqa hududlardan kelib terimga yordamlashadiganlar. Barcha terimchilar uchun mehnat sharoitlari tashkillashtiriladi. Terimga, avvalambor, ishsizlar: yoshlar, xotin-qizlar, xohish bildirsa, keksalarni ham jalb qilamiz", - dedi Umrzoqov.

Taʼkidlanishicha, bu yilgi paxta mavsumida birorta yollanma ishchi shartnoma tuzmasdan turib paxta dalasiga chiqmasligi aytildi.

" ...mehnat qonunchiligiga, Xalqaro mehnat tashkilotlari tomonidan bildirilgan tavsiyalarga qatʼiy amal qilinadi, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻtgan yillari majburiy va bolalar mehnati bilan bogʻliq holatlar kuzatildi. Biroq bu yil bunga jiddiy qaraymiz. Paxta terimiga ishchilar shartnoma asosida, koʻngilli ravishda jalb qilinadi. Birorta yollanma ishchi shartnoma tuzmasdan turib paxta dalasiga chiqarilmaydi", — deya qayd etdi vazir oʻrinbosari.

Shuningdek, koʻngilli ravishda paxta teraman deb roʻyxatga yozilganlarning har biriga ishni boshlamasdan turib maosh sifatida 500 ming soʻmdan, otryad rahbarlariga esa 2 million soʻmdan berilishi taʼkidlandi.

"Biz paxta terishga qoʻrqitish orqali emas, moddiy ragʻbatlantirish orqali jalb etishimiz kerak. Agar davlat talablarini buzadiganlar boʻlsa, ular katta jazoga tortiladi", — degan Umrzoqov.

Internetda terim.uz sayti ochilgan, bunda har bir koʻngilli ushbu saytga kirib, qaysi hududda paxta termoqchi ekanligini onlayn tarzda maʼlum qilishlari mumkin.

Asosiy mavzular