13:04 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
216 0 0

Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 345 nafarga yetdi. Bemorlarning 94 foizi kasallikni yengishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida yana 106 kishida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning umumiy soni 43 478 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 100 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 54 yoshli T.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 345 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 40 880 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2 251 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 366 nafari ogʻir, 198 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Asosiy mavzular