19:05 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
325 0 0

Taʼkidlanishicha, bunday tunnellar insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki ogʻir kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi dezinfektsiya tunnellarini koronavirusga qarshi eng foydasiz chora deb atadi.

Taʼkidlanishicha, bunday tunnellarning inson organizmiga zararli tomonlari bor.

“Dezinfektsiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan oʻtkazishdi. Amerikalik ekspertlarning taʼkidlashicha, koʻchalarni dezinfektsiya qilish va dezinfektsiya tunnellaridan keng foydalanish koʻproq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Va, shuni aytish lozimki, hanuzgacha buning samarasi isbotlanmagan”, — deydi Respublika  ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, dezinfektsiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda  koʻp yillardan beri  ishlatiladi va uning inson organizmiga  xatarli taʼsiri juda kuchli.

Bu yuqori nafas yoʻllarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha boʻlgan xolatlarni chaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki ogʻir  kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

Xabarda maktablar faoliyatini qayta tiklash masalasi oʻrtaga chiqqanda, bolalarning sogʻligiga salbiy taʼsirlari inobatga olinib,  SSV taʼlim muassasalari oldida dezinfektsiya tunnellarini oʻrnatish qatʼiyan man etilishini taʼkidlagani qayd etilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham bunday tunnellarning samaradorligi isbotlanmaganligini bildirgan.

Raziqova dezinfektsiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida oʻrnatilishi shart emas deb hisoblaydi.

“Tunnellar oʻrniga kirish joylarida oʻzaro masofani saqlash, isitmani oʻlchash, qoʻllarga antiseptik bilan ishlov berish yoʻlga qoʻyilgani maqsadga muvofiq”, — deya xulosa qilgan mutaxassis.

Asosiy mavzular