23:05 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
236 0 0

Test savollarini tarqatgan abituriyentlar aniqlanadi va ularning ballari hisobga olinmaydi, dedi DTM raisi oʻrinbosari.

TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. Test savollarini rasmga olib tarqatgan abituriyentlar natijasi bekor qilinadi. Bu haqida  DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov xabar qildi.

“Test sinovlariga telefon olib kirib, savollar kitobini tarqatib yuborilgan holatlar uchramoqda. Savollar kitobini kim tarqatganini aniqlash qiyin emas. Biz test savollarini tarqatgan abituriyentlarni aniqlantiramiz va ularning toʻplangan ballari hisobga olinmaydi, test sinovlaridan chetlashtiriladi”, dedi Sardor Rajabov.

DTM xabariga koʻra, shu kunga qadar 78 nafar abituriyent imtihonlardan chetlatilgan. Ulardan 26 nafari telefon va elektron qurilmalar olib kirmoqchi boʻlgani uchun va yana 2 nafar abituriyent test materiallarini olib chiqmoqi boʻlgani uchun. Eng koʻp qoidabuzarlik holatlari Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, test sinovlari 13 sentyabrigacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular