DTM test sinovlari javobi qachon e’lon qilinishini aytdi

© TelegramV Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DTM 17-sentabr kuni tana harorati baland bo‘lib test sinovlariga kirolmagan abituriyentlar uchun test o‘tkazilishini xabar qildi.

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Davlat test markazi boshlig‘i Barno Rajabov bu yilgi test sinovlari javobi qachon e’lon qilinishini xabar qildi.

DTM xabarida, shuningdek, test sinovlari qachon tugatilishi, tana harorati baland bo‘lgan abituriyentlar qachon test topshirishi va appelyatsiya shikoyatlari muddati aytib o‘tilgan.  

"Respublika bo‘ylab 13-sentabrda hamma imtihonlar tugatiladi. Ayrim hududlarda barvaqtroq tugaydi. Masalan, Farg‘onada 11-sentabr kuni 1-smenada test sinovi tugatiladi. 17 sentabr kuni tana harorati baland bo‘lib test sinovlariga kirolmagan abituriyentlar uchun test o‘tkaziladi.

24 sentabrgacha bo‘lgan muddatda esa tanlovlar natijalari to‘liq e’lon qilish rejalashtirilyapti.

Appelyatsiya shikoyati muddati bo‘yicha ma’lum qilinadi. Appelyatsiya onlayn rejimda olinadi", — dedi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekistonda test sinovlarida 1,5 mlnga yaqin abituriyentlar ishtirok etmoqda. Imtihonlar 2-sentabrda boshlangan. Epidemiologik vaziyat tufayli barcha imtihonlar toza havoda tashkil qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0