19:18 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
140 0 0

"Snayper chegarasi" musobaqalarida Oʻzbekiston merganlari yettita davlat orasida ikkinchi oʻrinni egallashdi.

TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. "ArMI-2020" Xalqaro armiya oʻyinlarining Belarus Respublikasida boʻlib oʻtgan "Snayper chegarasi" tanlovida Oʻzbekiston jamoasi sharafli 2-oʻrinni egalladi

Ushbu tanlovda 7-mamlakat snayperlari ishtirok etishdi: Belarus, Rossiya, Vyetnam, Armaniston, Tojikiston, Serbiya va Oʻzbekiston. Soʻnggi bosqich Oʻzbekiston snayperlari gʻalabasi bilan tugadi. 

Yakuniy natijalarga koʻra, Belarus jamoasi oltin medal, Oʻzbekiston jamoasi kumush medal va Rossiya jamoasi bronza medallar sohibi boʻlishdi.  

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Armiya xalqaro oʻyinlari 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar 5 davlat: Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va Oʻzbekiston respublikalari hududlarida boʻlib oʻtdi. Jami 30ta konkursdan iborat boʻlgan musobaqalarda 30 mamlakatdan tashrif buyurgan 160 dan ortiq jamoalar ishtirok etadi.

Musobaqalarning 2tasi Oʻzbekiston hududida: “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Yoʻl patruli”, 3tasi - Belarusda, Ozarbayjon va Armanistonda - bittadan, qolganlari esa  Rossiya Federatsiyasi hududida oʻtkazilmoqda.

 

Asosiy mavzular