02:13 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
29710

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini xarid qilish imkoniyatini oʻrganib chiqayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaktsinani xarid qilish imkoniyatini oʻrganib chiqmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev “Kommersantʼ”ga nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, Xitoy hamda boshqa davlatlar Oʻzbekistonni koronavirusga qarshi vaktsinalar klinik sinovining uchinchi bosqichida qatnashish uchun taklif qilgan. Hozirda uchinchi bosqichda qatnashish yoki sinovlarning muvaffaqiyatli yakunlanganidan keyin vaktsinalarni sotib olish masalalari muhokama qilinmoqda.

The Lancet Rossiyaning Sputnik V vaktsinasi tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi

Yusupaliyev mamlakat aholini emlash uchun dori vositalarini oʻz vaqtida sotib olishga tayyorligi va bunda vaktsinalarning xavfsizligi va samaradorligi katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan.

“Rossiya vaktsinasining xususiyatlarini ham oʻrganyapmiz. Rossiya ham vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgani va uchinchi klinik sinovlar boshlanganidan boxabarmiz. Aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi oʻz vaqtida emlashda xavfsiz va samarali vaktsinani, zarur preparatlarni xarid qilishga tayyormiz”, - dedi u.

SSV rasmiysi bu boradagi muhokamalar mutaxassislar va hukumat tomonidan olib borilayotgani, ikki haftalardan keyin qandaydir qarorga kelinishi mumkinligini bildirgan.

Hozirda Hukumat vaktsinani xarid qilish uchun mablagʻ ajratish masalasini ham oʻrganmoqda.

Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaktsinatsiya qilish yoʻllarini puxta oʻrganish topshirigʻini berdi

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsina dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  Moskvada koʻngillilarni u bilan emlash roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi tadqiqotlar doirasida 5-7 sentyabr kunlari boshlandi.

Teglar:
Rossiya, Oʻzbekiston, koronavirus, vaktsina

Asosiy mavzular