20:23 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
599 0 0

Xalqaro armiya oʻyinlari 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtdi. Bu yil ular oltinchi marta oʻtkazildi. Oʻzbekiston ushbu musobaqalarda 3-marta ishtirok etdi.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekiston jamoasi Xalqaro armiya oʻyinlarida umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallab, yaxshi natija qayd etdi. Bu haqda respublika mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston jamoasi bu yil 16 ta tanlovlarda ishtirok etdi va ulardan 14 tasida sovrinli oʻrinlarni egalladi. Yaxshi natija koʻrsatdi, umumjamoa hisobida u uchinchi oʻrinni egalladi”, - dedi vazir jurnalistlarga. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiya va Belarus birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egalladi.

Qurbonov oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar intilishi va mahoratini oshirishi kerak boʻlgan narsalar borligini taʼkidladi.

U oʻyin bahslari barcha mamlakat harbiylariga oʻz mahoratini oshirishga imkoniyat tugʻdirishini qayd etdi.

“Oʻylaymanki, birinchi navbatda askarlarimiz hamjihatlik va doʻstlik bilan gʻalaba qozonishmoqda”, - deya qoʻshimcha qildi vazir.

Mutlaq gʻolib: Oʻzbekiston ArMI-2020 musobaqasining yana bir yoʻnalishida tengsiz

Shuningdek, Qurbonov oʻyinlar tashabbuskori Rossiya va rossiyalik hamkasbi Sergey Shoyguga musobaqalarga taklif uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Xalqaro armiya oʻyinlari 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtdi. Bu yil ular oltinchi marta oʻtkazildi. Oʻzbekiston ushbu musobaqalarda 3-marta ishtirok etdi.

Asosiy mavzular