Samara viloyatidan yana 900 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yo‘lga chiqdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUchastok jeleznodorojnogo puti
Uchastok jeleznodorojnogo puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldingi poyezd respublikaga 31-avgust kuni 922 nafar fuqaro bilan yo‘lga chiqqan edi. Mazkur poyezd 2-sentabr kuni Samarqand shahriga yetib kelgan.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Yopiq chegaralar tufayli o‘z uylariga qayta olmagan 900 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyatidan vataniga poyezdda jo‘nab ketdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa hukumati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Passajirskie poyezda - Sputnik O‘zbekiston
Samara viloyatidan 900 nafardan ziyod o‘zbekistonlik olib kelinmoqda

Vataniga ketishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari 15-avgustdan Kinelga kela boshlagan. Avvaliga ular temir yo‘l vokzalidagi platformada joylashgan, 21-avgust kuni esa mintaqa hukumati ular uchun chodirli lager tashkillashtirgan. 28-avgust holatiga ko‘ra Kinelda ikki mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Ulardan 922 nafari maxsus poyezdda 2-sentabr vatanga olib kelindi. Ular karantinga joylashtirilgan.

“Yana 900 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vataniga jo‘natildi”, - degan agentlik suhbatdoshi.

O‘zbekiston hukumati koronavirus sabab 16-martdan boshqa mamlakatlar bilan transport aloqalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Xorijliklar va vatandoshlar uchun charter reyslar tashkil etilmoqda.

Toshkent muntazam ravishda fuqarolardan rus-qozoq chegarasida to‘planmaslik va charter reyslarni Rossiyada yashab turgan joyida kutib turishni so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0