22:22 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
22610

Oʻzbekistonda baliqchilik sohasiga qator imtiyozlar berish va uni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish rejalashtirildi.

TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda baliqchilik sohasi rivojlantirish uchun taaluqli vazirliklarga vazifalar yuklandi. Bu haqida prezidentning 4816-sonli "Baliqchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi" qarorida aytib oʻtilgan. 

Xususan, baliqchilik sohasiga quyidagi imtiyozlar berish va rejalarni amalga oshirish belgilandi: 

  • sunʼiy havzalarda baliq yetishtiradigan xoʻjaliklar suvdan foydalanganda "qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish" uchun belgilangan stavkalarda soliq hisoblanadi;
  • kollektor-drenaj suvlaridan olib foydalanilgan suv resurslari soliq solish obʼyekti hisoblanmaydi;
  • baliqchilik xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan foydalanilgan suvning haqiqatda isteʼmol qilingan hajmini aniqlash imkoni boʻlmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasi belgilangan suvni isteʼmol qilish normativlarining 50 % miqdorida belgilanadi;
  • baliqchilik uchun foydalanish mumkin boʻlgan kollektor-drenaj tarmoqlari va undagi suv shoʻrlanish darajasini nazorat qilish va veb saytda koʻrsatib borish;
  • Omuxta yem sifatini tahlil qilish hamda baliq kasalliklariga tashxis qoʻyish laboratoriyasini tashkil etish rejasini tuzish;
  • 2022 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi tabiiy suv zaxiralari ixtiofaunasi va suv bioresurslarining yagona maʼlumotlar bankini tashkil etish; 

Undan tashqari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi ishtirokida baliqchilik bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarga baliqlarni inkubatsiya qilish, beton basseynlar va tuproq havzalarida intensiv usulda baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirish boʻyicha pullik oʻquv kurslari tashkil etish rejalashtirilgan. 

"Ipoteka bank" ATIB taklifiga koʻra, baliqchilikka oʻqitish boʻyicha kurslarning tegishli sertifikatiga ega boʻlgan fuqarolarga intensiv usulda baliq yetishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar ustuvor ravishda ajratiladi.

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi "Chinoz dehqon bozori" MCHJning "Yangi Chinoz baliq bozori" filiali bino-inshootlarini tegishli hududi bilan birga (keyingi oʻrinlarda — obʼyekt), keyinchalik uning negizida baliq va baliq mahsulotlari savdosini tashkillashtirishga moʻljallangan zamonaviy savdo kompleksini tashkil etish uchun - Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Prezident qarori bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Asosiy mavzular