00:58 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
395 0 0

26 avgustdan boshlab, soʻnggi 5-6 kun ichida, tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 mingtacha oshdi.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda 26 avgustdan boshlab, soʻnggi 5-6 kun ichida, tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 mingtacha oshdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Farrux Sharipov maʼlum qildi.

“Tahlil etadigan boʻlsak, oxirgi 5-6 kundagi statistikaga koʻra, 26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan, 34,2 mingtacha oshgan. Ushbu murojaatlarning oʻtkir respirator bilan bogʻliq chaqiruvlarning soni 2,2 mingdan 3,0 mingtagacha oshdi. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha koʻpaygan”,  - dedi u.

Shu bilan birga, ambulator-poliklinika muassasalariga arterial bosimning koʻtarilishi, ortiqcha vazn, qandli diabet kabi xastaliklar bilan murojaatlar koʻpaygan. Pnevmoniya belgilari sabab qilingan murojaatlar soni 244 nafardan 305 nafargacha oshgan.

Farrux Sharipov bu hammani yana bir bor ogoh, hushyor boʻlishga, shuningdek, karantin talablariga qatʼiy amal qilishga chorlanishini taʼkidladi.

Asosiy mavzular