Ho‘kiz o‘pkasidan tayyorlangan preparat COVID-19 bemorlarini o‘limdan saqlab qoldi

© Tatyana Makeyeva / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey
Meditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surfaktant — inson o‘pkasi alveolalarining ichki yuzasini qoplab oladi va o‘pkasi og‘ir shikastlangan insonning tezda tuzalishiga yordam beradi.

TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarni davolashda Rossiyada ishlab chiqilgan "Surfaktant-BL" nomli dori  o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda Izvestiya nashri.  

Dastlab ushbu preparat inson o‘pkasining og‘ir shikastlanish holatlarida qo‘llanilgan. Preparat COVID-19ning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda qo‘llanilganda - o‘lim holatlari 5 baravar kamayishi qayd etilgan.  

Stastistik ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlar orasida og‘ir kasallar 5% uchraydi, lekin ularning 80% vafot etadi. 

Surfaktant — inson o‘pkasi alveolalarining ichki yuzasini qoplab oladi. BL degani esa - bichye legkoe, ya’ni ho‘kiz o‘pkasi degani.

Kasallarga Surfaktant-BL ingalyatsiya yo‘li bilan sutkada 2 marotaba 30 daqiqa davomida kiritiladi. Davolash kursi 2-5 kunni tashkil qiladi. Bemorning sog‘ayishi ingalyatsiyadan keyin tezda boshlanadi. 

Ayni damda Surfaktant-BL koronavirus bilan shikastlangan kasallarda sinovdan o‘tmoqda. Sinov tugashi bilan ushbu preparat Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirusnni davolash tavsiyanomalariga kiritiladi. 

Yangiliklar lentasi
0