13:10 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
362 0 0

Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani tashkil etildi.

Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Oʻzgarishlarga koʻra, Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar, shu jumladan, Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267,0 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar, yaʼni Zangiota tumanidan 492,0 gektar, Quyichirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyoʻl tumanidan 264,4 gektar va Oʻrtachirchiq tumanidan 1 403,3 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesi hududida poytaxt hokimligiga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunadigan alohida "Yangihayot" kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirgan edi.

Asosiy mavzular