01:55 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
130 0 0

Joriy yil avgustning oxirgi 7 kunida Toshkentda chaqiriqlarning umumiy soni 18 316 ta boʻlgan boʻlsa, sentyabr oyining birinchi haftasida esa 19 707 tani tashkil etdi

TOSHKENT, 8 sen - Sputnik. Sentyabrning dastlabki haftasida chaqiruvlar soni birmuncha ortgan. Bu haqda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi bosh shifokori Umidullo Riskiyev maʼlum qildi, deya xabar berilgan SSV telegram-kanalida.

Xabarda aytilishicha, joriy yil avgustning oxirgi 7 kunida Toshkentda chaqiriqlarning umumiy soni 18 316 ta boʻlgan boʻlsa, sentyabr oyining birinchi 7 kunligida esa 19 707 tani tashkil etgan.

"Bu koʻrsatkichlar oxirgi haftada chaqiriqlarning umumiy soni 1 391 taga ortganini koʻrsatadi. Aytish lozimki, 1–7 sentyabr kunlari kelib tushgan chaqiruvlardan 6 145 tasi (umumiy chaqiriqlarning 31,2 foizi) tana haroratining oshishi, 3 091 tasi (u.ch. 15,7 foizi) oʻtkir respirator kasalliklari bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa, 814 tasi (u.ch. 4,1 foizi) esa pnevmoniya belgilari mavjud bemorlar tomonidan amalga oshirilgan", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 15 avgustidan boshlab Oʻzbekistonda karantin choralari yumshatildi: avtotransport vositalarining harakati va bozorlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berildi. 5 sentyabrdan esa qator faoliyat turlari: restoran, kafe, oshxona, choyxona), tomosha va madaniy-koʻngilochar obʼyektlari (faqatgina teatr va kinoteatr) hamda parklar va istirohat bogʻlaridagi attraktsionlar faoliyatiga cheklovlar bekor qilindi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi oxirgi bir hafta davomida koronavirus infektsiyasiga chalinganlar koʻrsatkichi sezilarli darajada pasaygani xotirjamlikka berilish kerakligini anglatmasligini aytib, aholini hushyorlikka va har bir fuqaroni oʻzini himoya qilish qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirgan.

Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 44 418 nafarga yetgan. Qurbonlar soni 360 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 94%i sogʻayishga muvaffaq boʻlgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular