20:37 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
75810

Bozorlar atrofida istalgan rang va oʻlchamdagi niqoblarni topish mumkin. Ammo ayrim fuqarolar oʻz sogʻligʻiga beeʼtiborlik bilan qaramoqda. Nega niqobsiz yuribsiz, degan savolga hatto oʻshqirib, kuch ishlatish bilan dagʻdagʻa qilishmoqda

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda karantin qoidalari yumshatilishi eʼlon qilinishi bilan aholi oʻrtasida karantin qoidalariga amal qilish borasida bemalolxoʻjalik bilan yondashish kayfiyati sezila boshladi va bu kayfiyatning kundan-kunga avj olayotganini koʻrish mumkin, deb xabar qiladi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sputnik
V Uzbekistane masochnыy rejim nikto ne otmenyal, a lyudi uje maski ne nosyat

Eslatib oʻtamiz, Respublika maxsus komissiyasi karantin choralari yumshatilishi haqida eʼlon qilganida fuqarolardan ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfektsiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga soʻzsiz amal qilish zarur va shartligi haqida ogohlantirgan edi.

Ammo bugun koʻchalarda odamlar goʻyoki ikki lagerga boʻlinganiga guvoh boʻlish mumkin. Birinchi lagerdagilar niqobda, hatto qoʻllariga qoʻlqop kiyganlardan iborat. Quyoshga yoki shunchaki aksirib yuborsangiz, sizdan darhol uzoqlashishadi va bu holat allaqachon odatiy tus olgan. Hech kim bunday "bemehrlikdan" ranjimay qoʻygan. Sogʻlik muhimroq-da.

Ikkinchi lagerdagilar esa: Maxsus komissiya iltimosiga qoʻl siltab qoʻygan, allaqachon oʻzini pandemiyagacha boʻlgan davrdagidek his eta boshlab yoki umuman niqobsiz yurgan yoki "maskam bor-ku, mana" tarzida niqobini tomogʻining tagiga osiltirib olganlardir.

Sputnik
Masochnыy rejim nikto ne otmenyal, a lyudi maski ne nosyat

Misol uchun, hozirgi kunga kelib eʼtibor bersak, jamoat joylarida himoya niqobini taqmay yurganlar, ayniqsa yoshlar oʻrtasida koʻpligini koʻrish mumkin.

Bozorlardagi sotuvchilar ham uch-toʻrttadan boʻlib olib, oraliq masofalarsiz yoki himoya niqoblarisiz oʻzoro suhbatlashib oʻtirganliklarini koʻrish mumkin. Kasal boʻlib qolishdan qoʻrqmaysizmi, degan savolga, "Biz sogʻlommiz, yoʻtalmayapmiz, taqib olamiz, gaplashib olaylik", deya javob qaytarishdi.

Sputnik
V Uzbekistane masochnыy rejim nikto ne otmenyal, a mnogiye uje maski ne nosyat

"Nega maskasiz yuribsiz?", degan savolga, oʻdagʻaylab, "san kimsan, hozir telefoningni sindirib tashlayman, nega mani rasmga olasan", deya javob qaytargan zoʻravonlar ham boʻldi.

IIV matbuot kotibi Shoxrux Gʻiyosovning taʼkidlashicha, karantin qoidalariga amal qilmayotgan fuqarolarga nisbatan tegishli choralar koʻrilganda, huquq tartibot xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat yuzasidan aholi oʻrtasida provokatsion negativ fikrlar tarqalib ketgan. Shu bois, IIO xodimlari bugun bu masalaga qattiq qarashmayapti. Ammo joylarda Milliy Gvardiya, huquq tartibot xodimlari va YPX xodimlariga aholi oʻrtasida karantin qoidalariga amal qilishni talab qilish vazifasi yuklatilganligi, ular ushbu vazifani imkon qadar bajarayotganliklarini  aytadi.

Sputnik
V Uzbekistane masochnыy rejim nikto ne otmenyal, a mnogiye uje maski ne nosyat

Shuningdek, agarda jamoat joylarda aholi oʻrtasida karantin oidalarini qoʻpol ravishda buzish holatlari yuzaga kelsa, masalan, tunda jamoat joylarida fuqarolarning toʻplanib, himoya niqoblarisiz muloqotda boʻlayotganliklari, karantin qoidalarini mensimaslik holatlari kuzatilsa, ularni ogohlantirish, ogohlantirishdan soʻng yana takrorlansa vaziyatdan kelib chiqqan holda keskin choralar koʻrilmoqda.

Sputnik
V Uzbekistane masochnыy rejim nikto ne otmenyal, a mnogiye uje maski ne nosyat

Yana kimdir karantin qayta tiklanishini istamoqdami, yoʻq, karantindan hamma charchagan. Unda nega niqob rejimi bekor qilinmagan boʻlsada, koʻchada niqobsiz yurish darkor?

Bu savolga javob: oʻz sogʻligʻiga beparvolik, atrofdagilar salomatligiga bepisandlikmi?

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ilgariroq niqoblar haqida toʻxtalar ekan: "niqoblar infektsiya yuqishidan 100 foiz himoyalay olmaydi. Biroq koronavirus infektsiyasi tashuvchisi niqobdan foydalanganida, uning virusni boshqa odamga yuqtirish ehtimoli bir necha martaga kamayadi. 

Shuning uchun niqoblar mabodo siz simptomsiz, koronavirus infektsiyasining tashuvchisi boʻlsangiz hamda oʻzingiz bundan bexabar boʻlsangiz, virusni boshqalarga yuqtirish ehtimolini keskin kamaytirish uchun kerak. Avvalo, taʼkidlash lozimki, baʼzi davlatlarda niqob taqish butunlay bekor qilingani yoʻq. Transportda, bozorlar, doʻkonlar va boshqa aholi toʻplanadigan joylarda niqob taqish talabi saqlanib qolgan, faqatgina koʻchada yurganda ijtimoiy masofa saqlagan holda  niqobsiz yurish tavsiya etilgan. Har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan oʻzining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. Bizda epidemiologik vaziyat barqarorlashmaguncha niqob taqish shart", deya taʼkidlagan edi.

Aytgancha, kuni kecha, 8 sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 443 holatda kasallik qayd etilgan, yana olti kishi infektsiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Shu bilan jami qurbonlar soni 360 nafarga yetgan.

Asosiy mavzular